Jahon | 23:21 / 29.02.2024
8592
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda AQSh chegarasini 50 ming markaziy osiyolik noqonuniy kesib o‘tgani aytildi

Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Jumladan, 17 ming vatandosh boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiquvchi sud jarayonini kutmoqda.

Foto: Getty Images

AQSh Montana shtati senatori Stiv Deyns matbuot anjumanida «yuqori martabali amaldor»ga tayanib, 2023 yilda Markaziy Osiyodan kelgan 50 mingdan ortiq odam AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini aytdi. Bu haqda Daily Mail yozdi.

Deyns so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar noqonuniy migrantlar oqimidan xavotirda va ular Qo‘shma Shtatlarga xavf tug‘dirishi mumkin.

AQShda boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish jarayonini kuzatuvchi TRAC notijorat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kamida 40 ming markaziy osiyolik bunday ishlar bo‘yicha sud jarayonini kutmoqda. Ulardan 17 ming nafari O‘zbekiston, 7 ming nafari Qirg‘iziston, 3 ming nafari Tojikiston, 2,7 ming nafari Qozog‘iston, 2 ming nafari Turkmaniston fuqarolaridir.

Stiv Deyns chegaradagi migrantlar inqirozi bo‘yicha AQSh prezidenti Jo Baydenga xat yozib, chora ko‘rishni so‘ragan. Daily Mail nashri keltirgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021 yilda hokimiyatga kelganidan beri 7,3 milliondan ortiq migrant AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan.

Mavzuga oid