O‘zbekiston | 17:00 / 04.03.2024
5499
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

ASUS ishtiyoqmand geymerlar uchun mo‘ljallangan ROG Zephyrus G16 (2024)`ning imkoniyatlari haqida gapirib berdi

Foto: ASUS

Ajoyib OLED-displey, sun’iy intellekt algoritmlariga ega neyroprotsessor va qoyilmaqom sovutish tizimi, shuningdek, yupqa va chiroyli korpus ichidagi flagman NVIDIA GeForce RTX 4090 grafik kartasi geymerlar uchun maksimal samaradorlikni ta’minlaydi.

ASUS yangilangan ROG Zephyrus G16 (2024) o‘yin noutbukini taqdim etdi va uning talabchan foydalanuvchilarning hayoti uchun foydali tomonlari haqida o‘rtoqlashdi.

Yangi mahsulot sun’iy intellekt algoritmlari va qoyilmaqom sovutish tizimiga ega Intel Core Ultra 9 185H neyroprotsessori, shuningdek, noutbuklar uchun flagman hisoblangan NVIDIA GeForce RTX 4090 video kartasi bilan jihozlangan bo‘lib, ular geymer uchun doimiy yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Noutbuk, shuningdek, zamonaviy nozik korpus dizayni, ROG Nebula OLED displeyi va yangi akustikaga ega bo‘ldi.

Texnologiya cho‘qqisidagi ekran

Geymer uchun o‘z noutbukining displeyi boshqa komponentlarga qaraganda ko‘proq muhim hisoblanadi, shuning uchun yuqori darajadagi o‘yin qurilmasi iloji boricha mukammal ekran xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Yangi Zephyrus G16`ning parametrlari aynan shunday. U 16 dyuymli katta diagonalli ekranga ega bo‘lib, tomonlar nisbati 16:10, undan foydalanayotgan inson ekranda bo‘layotgan voqealarga to‘laligicha singib ketishi aniq.

Zephyrus G16 kompaniyaning ROG Nebula OLED displeyiga ega bo‘lgan birinchi o‘yin noutbukidir. Aynan shu sababga ko‘ra, ekran yuqori darajadagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Yangi G16 2,5K matritsa o‘lchamlariga va 240 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega. Javob berish tezligi – 0,2 ms. Noutbuk displeyi DCI-P3 rang maydonining 100 foizini qamrab oladi va G-Sync texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa kadr tezligi qisqa vaqtga pasayganda ham harakatlanuvchi obektlarning aniq ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Talabchan insonlar uchun ishonchli kuch

Yangi ROG Zephyrus G16 2024 ichida sun’iy intellekt algoritmlariga ega yuqori darajadagi Intel Core Ultra 9 185H neyroprotsessori va flagman hisoblanuvchi NVIDIA GeForce RTX 4090 grafik kartasi mavjud. Noutbukdagi bu ikkita komponent taqdim etadigan ajoyib quvvat tufayli talabchan foydalanuvchilarning hatto eng murakkab vazifalari ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.

32 Gb sig‘imli noutbukdagi operativ xotira LPDDR5X-7467 MGs standartiga ega bo‘lib, bu nafaqat ilovalarni ochish tezligini, balki qurilma operatsion tizimining umumiy ish faoliyatini ham oshiradi. Bundan tashqari, foydalanuvchi ehtiyojlari uchun kompyuterda M.2 PCIe interfeysli 4 TB gacha sig‘imga ega 2280 SSD o‘rnatilgan.

Zephyrus G16 og‘ir o‘yinlarni maksimal grafik sozlamalarida kechikishlarsiz, shuningdek, katta hajmdagi videolarni montaj qilish va yakuniy natijani yuqori tezlikda ko‘rsatuvchi 3D renderlar yaratish kabi resurs talab qiladigan ijodiy vazifalarini osonlikcha bajara oladi.

So‘nggi avloddagi o‘ziga xos sovutish tizimi

Yangi va noyob sovutish tizimi korpus uchun qulay haroratni saqlash va Zephyrus G16 ichki komponentlarining ajoyib kuchini maromda ushlash uchun javobgardir. Bu noutbukning asosiy qismlarini yanada samaraliroq sovutishga yordam beradi va egasi korpusni qo‘llari bilan ushlab ko‘rganda, undagi issiqlikni sezmaydi, bu esa o‘yin o‘ynash yoki kontent yaratishda qulaylikni ta’minlaydi.

Uchta ventilyator va bug‘li kamerali to‘liq kenglikdagi radiator nozik va yengil korpusga mos keladi. Sovutish tizimidagi ikkita ventilyator – Arc Flow ikkinchi avlodiga mansubdir. Uchinchisi ixtiyoriy va issiq havoni GPU va boshqa komponentlardan sovutgichlarga va korpusdan tashqariga yo‘naltirish uchun ishlatiladi. NVIDIA GeForce RTX 4080 yoki NVIDIA GeForce RTX 4090 grafik kartalari kabi kuchli komponentlardan issiqlikni maksimal darajada olib tashlash uchun bug‘li kamera va ikkita ventilyatordan foydalaniladi.

Har qanday kayfiyat uchun mos keladigan korpus

Yangi ROG Zephyrus G16 ko‘pchilik foydalanuvchilarning xohishlariga mos uslubda ishlab chiqilgan. Noutbuk geymerlar uchun mos komponentlarga ega bo‘lsa-da, uning dizayni mutlaqo o‘ziga xos va odatiy geymerlar uchun noutbuklarnikiga o‘xshamaydi. Noutbukning kelajakdagi egalari uchun ROG dizaynerlari ikki xil rang taklif qilishgan – Platinum White va Eclipse Grey.

Ajralib turishni xohlaydigan geymerlar yoki shaxsiy kompyuterini o‘z kayfiyatiga moslashtirishni afzal ko‘radigan foydalanuvchilar uchun ROG Zephyrus G16 korpusida maxsus element – Slash LED massivi mavjud. U qurilmaning displey qopqog‘ida joylashgan va tashqi ko‘rinishi bilan o‘z egasining raqiblar bilan janglarda g‘alaba qozonish istagini ifodalab turadi.

G16 foydalanuvchilari uchun noutbukning qalinligi yoqimli bonus bo‘ladi – atigi 1,49 sm va uning og‘irligi – 1,85 kg. Ushbu ko‘rsatkichlar sababli foydalanuvchi gadjetni ryukzak yoki sumkada olib yurganda charchab qolmaydi.

ROG Zephyrus G16`ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlaridan, shuningdek, ASUS`ning rasmiy hamkori: upg.uz`dan xarid qilish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Mavzuga oid