OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirish muddatini iyun oxirigacha uzaytirdi
2023 yil oxirida OPEK+ neft qazib olishni 2,2 million barrelgacha qisqartirishni birinchi chorakda uzaytirishga kelishib oldi.
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) davlatlari va uning hamkorlari neft qazib olishni qisqartirishni iyun oyi oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda 3 mart, yakshanba kuni Reuters va Bloomberg agentliklari tashkilot delegatlariga tayanib xabar berdi.
Bloomberg tomonidan so‘ralgan treyderlar va tahlilchilar bu harakatni kutgan edi. Mutaxassislar global iste’molning mavsumiy sustligi va OPEK+’dagi ba’zi raqobatchilar, birinchi navbatda, AQShdagi slanets neftini oluvchi korxonalar tomonidan qazib olish keskin o‘sishini qoplash zarur deb hisoblamoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Novak: Rossiya neft yetkazib berishni kuniga 471 ming barrelga qisqartiradi
2023 yil noyabr oyida OPEK davlatlari va ularning hamkorlari ixtiyoriy ravishda birinchi chorakda kuniga 2,2 million barrel qazib olishni qisqartirishga kelishib oldi. Ayni paytda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Moskvaning ikkinchi chorakda neft qazib olish va eksportini sutkasiga 471 ming barrelga bosqichma-bosqich kamaytirish qarorini e’lon qildi.
Bloomberg ta’kidlashicha, yanvar oyida Qozog‘iston va Eron qisqartirish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmadi, lekin kvotalarga rioya qilishni yaxshilashga va ortiqcha qazib olishni qoplashga va’da berdi. Unga ko‘ra, Rossiya o‘sha oyda xom neft eksportini kuniga 300 ming barrelga qisqartirgan, biroq agentlik neft mahsulotlari yetkazib berishning qisqarishini taxmin qila olmadi.
Mavzuga oid
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
11:15 / 18.12.2024
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
21:54 / 12.12.2024
Hindiston va Rossiya neft bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishdi - OAV
12:12 / 02.12.2024