O‘zbekiston | 07:51 / 05.03.2024
8289
2 daqiqa o‘qiladi

Ayol qizlariga tazyiq o‘tkazib, urgan eri ustidan bolalar ombudsmaniga murojaat qildi 

Bolalar ombudsmani so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganildi hamda murojaatchining o‘ziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Foto: Shutterstock

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro D.R. (ayol)dan turmush o‘rtog‘i A.R.ning farzandlariga o‘tkazgan tazyiq holatlari yuzasidan murojaat kelib tushdi.

D.R. turmush o‘rtog‘ining mast holatda 2008 yilda tug‘ilgan M.R. va 2012 yilda tug‘ilgan M.A. qizlarini urganligi hamda ularga nisbatan turli shaklda tazyiq o‘tkazganligi yuzasidan IIBga murojaat qilganligini, biroq holat yuzasidan mutasaddilar tegishli chora ko‘rmaganligini, qizlariga «himoya orderi»ni berish bo‘yicha arizasi esa qanoatlantirilmaganligidan noroziligini bildirib, ushbu vaziyatni hal qilinishida ko‘mak so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan holat o‘rganildi hamda 31 yanvar kuni murojaatchi D.R.ning o‘ziga va ikki nafar qiziga himoya orderlari rasmiylashtirildi.

Ayolning turmush o‘rtog‘i harakatlariga huquqiy baho berish masalasini o‘rganish bilan birgalikda, u himoya orderi doirasidagi taqiqlar va ularni buzishning huquqiy oqibatlari haqida ogohlantirildi.

Bolalar ombudsmani mazkur holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettirishi aytilgan.

Mavzuga oid