O‘zbekiston | 12:52 / 05.03.2024
2902
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston JBning «Ayollar, biznes va qonun indeksi»da katta islohotlarni amalga oshirgan 5 talikka kirdi

Jahon bankining 2023 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan «Ayollar, biznes va qonun indeksi» hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 48 pog‘onaga yuqorilab, 82,5 ball bilan 190 ta davlat orasida 91-o‘rinni egalladi. 

Foto: Kun.uz

Reytingdagi o‘rinni yaxshilash maqsadida mazkur masala parlament nazoratiga ham olingan edi. Ushbu masala Senat Kengashi majlislarida muhokama qilib borildi, tegishli qarorlar qabul qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Bugun mamlakat mazkur indeksda O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 ta davlat qatoriga kiritildi. Xususan, davlat rahbari boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilgan 4 ta muhim huquqiy islohot indeksning «Mehnatga haq to‘lash» va «Oila» indikatorlaridagi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, maksimal 100 balldan baholandi.

Jumladan:

  • teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to‘lanishini kafolatlovchi qoidalar qabul qilindi;
  • sanoatda ayollar mehnatidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi;
  • sanoatda ayollar mehnatidan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlar bekor qilindi;
  • noqulay mehnat sharoitlariga ega yoki xavfli bo‘lgan tarmoqlarda ayollarga erkaklar kabi mehnat qilish imkoniyati yaratilgan;
  • ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirildi.

Hisobotda O‘zbekiston Singapur, Turkiya va BAA bilan bir xil ball to‘plab, Markaziy Osiyoda eng yaxshi natija ko‘rsatgan mamlakat sifatida e’tirof etildi.

Mavzuga oid