O‘zbekiston | 19:38 / 05.03.2024
10325
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga eksport qilgan neft mahsulotlari haqida ma’lumot berdi 

Mamlakatda neft qazib olish va eksport qilish hajmi oshgan. 

Foto: Tengrinews

2023 yilda Qozog‘iston 90 million tonna neft qazib oldi, shundan 70,5 million tonnasini eksport qildi. Bu haqda Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satqaliyev ma’lum qildi. 

«2023 yilda 90 million tonna neft qazib olindi, bu 2022 yilga nisbatan 6,9 foizga ko‘p... Neft eksporti ham o‘sib, 70,5 million tonna yoki 109,6 foizni tashkil etdi», dedi u. 

Qayd etilishicha, Qozog‘iston nefti temir yo‘l orqali Xitoyga 1,2 million tonna, O‘zbekistonga esa 65 ming tonna eksport qilingan. 

Bundan tashqari, Rossiya neftining mamlakat hududi orqali tranziti Xitoyga 10 million tonna, O‘zbekistonga 150 ming tonnani tashkil qilgan. 

«Drujba» tizimi bo‘yicha 1,2 million tonna, shuningdek, Boku-Tbilisi-Jayhon yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilgacha 1,5 million tonna neftni tashish bo‘yicha kelishuvga erishildi», dedi Satqaliyev.

Mavzuga oid