O‘zbekiston | 07:30 / 05.03.2024
5558
1 daqiqa o‘qiladi

Xotin-qizlar bakalavriatning qaysi yo‘nalishini ko‘proq bitirayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat yo‘nalishini 40 215 nafar xotin-qiz talaba bitirgan. 

Foto: Statistika agentligi

Statistika agentligi xabariga ko‘ra, bitiruvchi xotin-qizlar soni eng ko‘p ta’lim sohasida qayd etilgan – 20 355 nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan sohalar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • san’at va gumanitar fanlar – 6 094 nafar;
  • tabiiy fanlar, matematika va statistika – 3 557 nafar;
  • muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 2 755 nafar;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot – 2 105 nafar;
  • xizmatlar – 1 277 nafar;
  • qishloq, o‘rmon, baliqchilik xo‘jaligi va veterinariya – 1 192 nafar;
  • biznes, boshqaruv va huquq – 1 156 nafar;
  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – 868 nafar;
  • ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 856 nafar.

Mavzuga oid