Putin va AEXA rahbari Zaporijjya AES xavfsizligini muhokama qildi
Avvalroq AEXA Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidagi yadro xavfsizligidan xavotir bildirgan va Moskvani uni qayta ishga tushirmaslik haqida ogohlantirgan edi.
6 mart, chorshanba kuni Sochidagi «Bocharov Ruchey» qarorgohida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) rahbari Rafael Grossi uchrashdi. Muzokaralar 50 daqiqa davom etdi, suhbatning aksariyati yopiq tarzda o‘tdi. Grossining so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan uchrashuv Zaporijjya atom elektr stansiyasi xavfsizligiga bag‘ishlangan.
«Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan Sochida Zaporijjya AESning yadroviy va jismoniy xavfsizligi, yadroviy qurollarni tarqatmaslikning boshqa global muammolari bo‘yicha muhim fikrlar almashildi», - deya tushuntirdi AEXA rahbari uchrashuvni. Kreml muzokaralarning yopiq qismiga izoh berishdan bosh tortdi.
Yevropadagi eng yirik AES o‘qlar ostida
Avvalroq, 6 mart kuni AEXA Moskvani Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Ukraina janubi-sharqida joylashgan Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasini qayta ishga tushirmaslik haqida ogohlantirgan edi. «Bu faol urush zonasi», dedi Rafael Grossi. U, shuningdek, Rossiya va Ukraina stansiyadagi yadroviy avariyaning oldini olish uchun «o‘ta vazminlik» ko‘rsatishi kerakligini qo‘shimcha qildi va «Rossiya bilan muloqotni davom ettirish» tarafdori ekanini bildirdi. 2024 yil fevral oyida Grossi Zaporijjya atom elektr stansiyasiga tashrif buyurgandi.
Zaporijjya atom elektr stansiyasi 2022 yil mart oyida Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan. O‘shandan beri stansiya bir necha bor o‘qqa tutilgan va bu ehtimoliy yadroviy avariya haqida xavotir uyg‘otgan.
Mavzuga oid
14:14 / 23.12.2024
Kremlda Putin va Slovakiya bosh vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10:43 / 23.12.2024
Tramp Putin u bilan Ukraina masalasida uchrashmoqchi ekanini ma’lum qildi
00:02 / 22.12.2024
Vladimir Putin: «Suriyadagi voqealar benefitsiari - Isroil»
07:55 / 20.12.2024