Turkmaniston Afg‘onistonni suvdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Jumladan, transchegaraviy daryolar bo‘yida joylashgan barcha davlatlarning manfaatlarini so‘zsiz hurmat qilishni taklif etdi.
Turkmaniston hukumati Afg‘onistonni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqqan holda transchegaraviy daryolar va boshqa suv havzalari resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirdi. Bu haqda Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining Turkmanistonga tashrifi chog‘ida ma’lum qilindi.
Jumladan, Turkmaniston tomoni Afg‘onistonni uchta jihatga e’tibor qaratishga chaqirdi:
- real ehtiyojlarni hisobga olgan holda transchegaraviy daryolardan ilmiy asoslangan holda suv olish;
- transchegaraviy daryolarda qurilayotgan gidrotexnik inshootlarni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash;
- transchegaraviy daryolar bo‘yida joylashgan barcha davlatlarning manfaatlarini so‘zsiz hurmat qilish.
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi bayonotida Afg‘oniston tomonidan Amudaryo va unda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali haqida so‘z yuritilmagan, biroq, gap shu haqda ketayotgani aniq, deb hisoblamoqda Turkmen.news.
Hozir Turkmaniston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida Amudaryodan suv olishni taqsimlash bo‘yicha kelishuv mavjud, ammo Afg‘oniston unga qo‘shilmagan.
Kuzatuvchilar Qo‘shtepa kanali qurilishi tufayli bu mamlakatlarda suv yetarli bo‘lmay qolishidan xavotirda. Shu bilan birga, ekspertlar kanal ishga tushirilgach, Afg‘oniston xalqaro shartnomalarga qo‘shilishiga umid bildirmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
16:38 / 06.12.2024