Lvivda maktab o‘quvchilari o‘q otish va dron uchirishni o‘rganmoqda, Liman yaqinida ukrain harbiylari yangi janglarga tayyorlanmoqda
Ukrainadagi urushning 747-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- CNN Rossiya G‘arb Ukraina uchun ishlab chiqarayotganidan uch barobar ko‘proq snaryad ishlab chiqarayotgani haqida xabar berdi.
- Putin urush boshlanganidan buyon uchinchi marta mudofaa vazirining ichki ta’minot bo‘yicha o‘rinbosarini almashtirdi. Bu lavozimga general-leytenant Andrey Buliga tayinlangan.
- Ukrainada 2022 yil martida qariyb bir oy mobaynida Chernihiv oblastining Yahidne qishlog‘ida maktab yerto‘lasida 360 dan ortiq kishini garovda ushlab turgan 15 nafar rossiyalik harbiyga sirtdan hukm o‘qildi.
- Rossiya dronlari Odessa va Xarkiv oblastlariga hujum qildi, jabrlanganlar yo‘q.
- The New York Times xabariga ko‘ra, Ukraina katta ehtimol bilan 2024 yil yozigacha va’da qilingan 45 ta F-16 qiruvchi samolyotlaridan faqat 6 tasini qabul qilib oladi, qolgan samolyotlar yil oxirigacha va 2025 yil boshida yetkazib beriladi.
- «Mariupolda 20 kun» filmi «Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film» kategoriyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi.
- Volodimir Zelenskiy Rim papasining muzokaralar o‘tkazish «jasurligi» haqidagi so‘zlarini «virtual vositachilik» deb atadi.
- Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, AQSh Ukrainaga pul berishni to‘xtatishi va «urush yakunlanishi» haqida gapirdi.
Lvivda maktab o‘quvchilari dron uchirish va tez tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganmoqda
Lvivda yuqori sinf o‘quvchilari uchun majburiy bo‘lgan «Ukraina himoyasi» fani bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun harbiy-vatanparvarlik markazlari ochildi. Shunday markazlardan birinchisi «Zvityaga» («Jasorat») 2023 yil mayida ochilgan, avgustda ikkinchisi ish boshlagandi, shaharda jami 12 ta shunday markazlar faoliyat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Maktab o‘quvchilari bu yerda o‘q otishni, dronlar uchirishni hamda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rganishadi. Harbiy-vatanparvarlik markazlarining asosiy vazifasi maktab o‘quvchilarini o‘qitish bo‘lsa-da, darslardan keyin ular o‘z tayyorgarlik darajasini oshirishni istovchi fuqarolar uchun ham ochiq bo‘ladi.
Ukraina qurolli kuchlarining Liman atrofidagi bo‘linmasi
Okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan yuz kilometr shimolda joylashgan Liman shahri strategik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 2022 yil may oyi oxirida rus qo‘shini shaharni egallagandi, ammo o‘sha yil oktyabridayoq Ukraina qurolli kuchlari Limanni ozod etishga muvaffaq bo‘lgan. Arvoh-shaharga aylangan Liman atrofida hamon janglar davom etmoqda.
Sankt-Peterburgdagi bilbordlar
Mavzuga oid
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024