Belgorod oblastiga reyd oqibatlari va Kiyevdagi vidolashuv marosimi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 748-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ivanovo oblastida Rossiya aviatsiyasi harbiy-transport samolyoti qulab tushdi. Uning bortida 15 kishi bo‘lgan, hech kim omon qolmagan.
- Belgorodda dron shahar ma’muriyati binosiga kelib urildi. Ikki kishi jarohat olgan.
- Ukraina tomonida turib jang qilayotgan rossiyaliklardan iborat qurolli guruh Belgorod va Kursk oblastlarining chegara hududlariga hujum qildi. RF mudofaa vazirligi davlat chegaralari buzib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmagani va hujumlarni qaytarish chog‘ida 234 nafar diversant o‘ldirilgani haqida xabar berdi.
- Kriviy Rihda ko‘p qavatli turar joy binosi zarbaga uchradi. Besh kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan, shundan 12 nafari bolalar.
- Nijyegorod neftni qayta ishlash zavodida (Rossiyadagi eng yirik shunday zavodlardan biri) dronlar hujumi oqibatida yirik yong‘in chiqdi, neftni qayta ishlash qurilmasi o‘chirildi.
- AQSh ko‘p haftalar ichida ilk bor Ukraina uchun harbiy yordam paketini e’lon qildi, ammo bu yordam hajmi atigi 300 million dollarni tashkil etadi.
Belgorod oblastiga hujum
Ukraina tomonida turib harbiy harakatlarda qatnashayotgan «Rossiyaga ozodlik» legioni, «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» va «Sibir batalyoni» 12 mart kuni Belgorod va Kursk oblastlariga reydlar uyushtirgani haqida xabar berdi. Rossiyalik harbiy muxbirlar ham chegara hududlarda janglar ketayotganini tasdiqlashgan. Rossiya regionlari rahbarlari, FXX va RF mudofaa vazirligi «diversiya guruhlari» va «ukrain terrorchi tuzilmalari»ning chegaradan yorib kirishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatli qaytarilganini ma’lum qilgan. RF mudofaa vazirligi versiyasiga ko‘ra, 234 nafar diversant o‘ldirilib, bir necha tank va BMP yo‘q qilingan. «Rossiyaga ozodlik» legioni esa 13 mart tongida ham o‘z jangchilari Belgorod oblasti hududida qolayotganini ma’lum qilgan.
Kriviy Rih o‘qqa tutilishi
Rossiya qo‘shini 12 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ona shahri bo‘lmish Kriviy Rih bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Raketa ko‘p qavatli turar joy binosiga urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 40 dan ortiq kishi jarohatlangan, jumladan 12 nafar bola ham.
Makiyivka o‘qqa tutilishi oqibatlari
Donetsk oblastining Makiyivka shahri «DXR» nazorati ostida. O‘zini o‘zi e’lon qilgan va Rossiya tomonidan anneksiya qilingan respublika muntazam ravishda ukrain qo‘shinini Makiyivkani, jumladan shahardagi aholi yashash kvartallarini o‘qqa tutishda ayblab keladi.
Gurjistonlik ko‘ngillilarning Kiyevdagi dafn marosimi
Mavzuga oid
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024