Iqtisodiyot | 14:52 / 13.03.2024
14552
2 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqaruvchilar bir yilda qancha soliq to‘lagani ma’lum qilindi 

O‘zbekistonda 2023 yilda ishlab chiqaruvchilar 41 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. 

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2023 yil yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 67 322 ta yuridik shaxs tomonidan 41,6 trillion so‘mga yaqin soliq to‘langan. Shundan 18,9 trillion so‘mi 20 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 162,5 trillion so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2,5 trillion so‘mdan oshgan. 

Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida: 

  • QQS — 6,5 trillion so‘m; 
  • aksiz solig‘i — 3,7 trillion so‘m;
  • yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 2,1 trillion so‘m;
  • foyda solig‘i — 1,9 trillion so‘m; 
  • JShODS — 1 trillion so‘m;
  • ijtimoiy soliq — 921,7 milliard so‘m;
  • mol-mulk solig‘i — 642,3 milliard so‘m;
  • yer solig‘i — 343,2 milliard so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — 110,6 milliard so‘m;
  • boshqa soliqlar — 1,5 trillion so‘m.

Mavzuga oid