O‘zbekiston | 12:36 / 13.03.2024
9713
1 daqiqa o‘qiladi

“Tashabbusli budjet” bo‘yicha ovoz berish jarayoni vaqtincha to‘xtatildi

“Ochiq budjet” portalida 13 mart soat 00:00 dan boshlangan ovoz berish jarayoni texnik nosozliklar sabab to‘xtatildi. Jarayon 16 mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi. Ayni paytgacha yig‘ilgan ovozlar saqlab qolinadi.

Qisqa vaqt ichida 6 ta tashabbus 1500 tadan ko‘p ovoz yig‘ib ulgurdi.

“Ochiq budjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda. Nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatiladi va 16 mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.

“Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Tizim faoliyatiga oid qo‘shimcha savollaringiz yuzasidan ushbu raqam orqali murojaat qilishingiz mumkin: +99871 2035050 (ichki raqam — 01323, 01327)”, deyiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohida.

Vazirlik rasmiylariga ko‘ra, jarayon to‘xtatilguniga qadar yig‘ilgan ovozlar saqlanib qoladi.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda respublika bo‘ylab jami 35 ming 575 ta taklif kelib tushgan. G‘olib chiqqan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan jami 3,02 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga oid