O‘zbekistonning Singapurdagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Singapurdagi va Avstraliyada o‘rindoshlik asosidagi elchisi bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga yangi elchi tayinlandi.
O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Alisher Qayumov Singapurga bordi va o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Elchi Singapurga tayinlanishidan oldin O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.
54 yoshli Alisher Qayumov Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Uzoq yillar davomida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tizimida hamda Germaniyadagi elchixonada savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi sifatida ishlagan.
Elchixona maslahatchisi sifatida u Avstriya va Venadagi xalqaro tashkilotlardagi diplomatik missiyani boshqargan. Xususiy biznesda, jumladan, xorijda ishlash tajribasiga ega. Diplomat 2017 yildan buyon O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alisher Qayumov O‘zbekistonning Singapurdagi (2018–2024) va Avstraliyada (2022–2024) o‘rindoshlik asosidagi elchisi (qarorgohi Singapurda) bo‘lib ishlagan Qahramon Shokirov o‘rniga tayinlandi.
Mavzuga oid
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024
Avstraliya Tomahawk raketasini muvaffaqiyatli uchirgan dunyodagi uch davlatdan biriga aylandi
14:31 / 09.12.2024