O‘zbekiston | 10:34 / 16.03.2024
6140
1 daqiqa o‘qiladi
Bo‘stonliqda elektrdan noqonuniy foydalangan dalahovlilar aniqlandi
Bo‘stonliq tumanida 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dalahovlilar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazilgan.
Unda, T.S. va Ch.T. oilaviy korxonasi rahbarlari “Do‘stlik” hamda “Chimgan” MFY hududidagi tijorat maqsadida foydalanib kelgan dalahovlilarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab, jami 241,7 mln so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 10.01.2025
Elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etilishi mumkin
15:13 / 04.01.2025
Dnestrbo‘yida elektr energiyasini rejali tarzda o‘chirish boshlandi
11:08 / 24.12.2024
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
09:19 / 19.12.2024