O‘zbekiston | 10:12 / 16.03.2024
12064
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hududda 100 yoshli pensiya va nafaqa oluvchilar ko‘proq ekani aytildi

2024 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda pensiya va nafaqa olayotgan 100 yoshga to‘lgan va undan oshganlar 514 nafarni tashkil etgan. 

Foto: Kun.uz

Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, respublikada pensiya va nafaqa olayotgan 100 va undan yuqori yoshdagilarning 110 nafari (21,4 foiz) erkaklar, 404 nafari (78,6 foiz) ayol hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yoshi 100 va undan oshgan pensioner va nafaqa oluvchilar Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p – 92 nafar, Sirdaryo viloyatida eng kam – 11 nafar.

Qolgan hududlar: 

  • Surxondaryo viloyatida – 71 nafar;
  • Andijon viloyatida – 48 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida – 45 nafar;
  • Toshkent viloyatida – 41 nafar; 
  • Samarqand viloyatida – 36 nafar;
  • Buxoro viloyatida – 35 nafar
  • Namangan viloyatida – 33 nafar;
  • Xorazm viloyatida – 28 nafar;
  • Toshkent shahrida – 26 nafar;
  • Jizzax viloyatida – 16 nafar;
  • Navoiy viloyatida – 13 nafar; 
  • Qoraqalpog‘istonda – 21 nafar.

Mavzuga oid