O‘zbekiston | 10:25 / 18.03.2024
5743
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vetnamga bordi

Bu - mamlakatlar o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Vetnamga ilk tashrifi.

Foto: TIV

Bugun tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Vetnamga tashrifi boshlandi.

"O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Vetnam poytaxti Xanoy shahriga keldi, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbarining matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘zining Telegram-kanalida. — Kun tartibidan qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar hamda O‘zbekiston-Vetnam biznes-forumi o‘rin olgan".

Bu mamlakatlar o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan beri O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining Vetnamga ilk tashrifidir.

Vetnam TIV ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashadi, tashqi ishlar vaziri Buy Txan Son bilan muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Mavzuga oid