O‘zbekiston | 10:47 / 18.03.2024
3334
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi 

Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida ishlarni davom ettirmoqda.

Foto: IIV

Joriy yilning 6 mart kuni Yangihayot tumanidagi «Yangihayot» yo‘l-patrul xizmati maskanida Lacetti rusumli avtomashina to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina yo‘lovchisi 34 yoshli A.Sh. xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 200 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Shuningdek, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan 36 yoshli M.A. qo‘lga olingan. Fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, 50 dona «Zardeks» va 24 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 1 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi va elektron tarozi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid