Jahon | 17:57 / 18.03.2024
24984
5 daqiqa o‘qiladi

Ukrainlar butun front chizig‘i bo‘ylab mudofaa inshootlari qurmoqda. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 753-kuni bo‘lib o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukrain harbiylari kun davomida Belgorodni ikki bor o‘qqa tutdi. Ikki kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralangan.
  • Moskvada dronlar hujumi tufayli bir soatdan ortiq vaqt davomida Domodedovo, Vnukovo va Jukovskiy aeroportlari ishlamadi.
  • Krasnodar o‘lkasida dronlar hujumi tufayli Slavyanskiy neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi.
  • Rossiya Mikolayivni o‘qqa tutdi, besh kishi yaralangan.
  • Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Qora dengiz flotining anneksiya qilingan Sevastopol shahridagi qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurdi.

Rossiyada «saylovlar» o‘tkazilayotganida, ukrainalik harbiylar bosqinga qarshi turishda davom etishdi. Ukraina qurolli kuchlari so‘nggi bir necha oy davomida mudofaani mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda va frontning turli uchastkalarida istehkomlar barpo etmoqda.

Xarkiv oblasti

«Ajdarho tishlari» — shaklidagi beton yoki temir beton konstruksiyalar ma’lum tartibda joylashtirilishi orqali hosil qilinadi va bu to‘siq raqib texnikalarini to‘xtatishi yoki harakatini sekinlashtirishi kerak bo‘ladi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Mudofaa chizig‘i boshpanalar tizimi, jumladan mustahkamlangan blindajlar, okoplar, transheyalar va tanklarga qarshi o‘ralarni o‘z ichiga oladi. 12 mart kuni ikkinchi mudofaa chizig‘ini ko‘zdan kechirgan Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov temir betonli blindajlar baravar o‘t ochish reaktiv tizimlari va artilleriya snaryadlariga chidamli ekanini ma’lum qildi.
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA
1 mart kuni Xarkiv oblastida ikkinchi mudofaa chizig‘ini qurishga kirishilgandi. Bu chiziq front chizig‘idan bir necha kilometr berida barpo etilmoqda. Qurilish ishlariga 30 ta fuqarolik pudratchilari jalb etilgan bo‘lib, ishni ikki oy ichida yakunlash rejalashtirilgan. Bunyod etilayotgan inshootlar, oblast rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bir necha yil xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Donetsk oblasti 

Donetsk oblastining Baxmut shahri atrofida «ajdaho tishlari» va simto‘siqlar, bu yerda ham rus qo‘shini oldinga yurishga urinmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblasti

 

Zaporijjya oblastida ukrain qo‘shini uchta mudofaa chizig‘i barpo etmoqda. Mudofaa tuzilmalari kengligi to‘rt metr va chuqurligi bir yarim metr bo‘lgan tankka qarshi o‘ralarni ham o‘z ichiga oladi, ular Rossiya qo‘shini yorib o‘tgan taqdirda og‘ir texnikalarni to‘xtatishi lozim bo‘ladi.
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images

Zaporijjya oblastida, xuddi Xarkiv oblastidagi kabi, raqib artilleriya zarbalaridan himoyalanish uchun mustahkam blindajlar qurilmoqda
Zaporijjya oblastidagi blindajlar
Dmytro Smolienko / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Mudofaa chizig‘ida dotalar — uzoq muddatli o‘t ochish nuqtalari o‘rnatilgan. Bu istehkom inshooti bo‘lib, harbiylarga javob o‘qlaridan himoyalangan holda o‘t ochish imkoniyatini beradi.
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Zaporijjya oblastida ham «ajdarho tishlari» o‘rnatilmoqda
Reuters / Scanpix / LETA

Sumi oblasti 

Sumi oblasti Rossiyaning Bryansk, Kursk va Belgorod oblastlari bilan chegaradosh. Bu hududda ham jadal sur’atlarda fortifikatsiya inshootlari barpo etilmoqda 
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Mudofaa chizig‘i boshqa narsalar qatori xandaqlar tizimini ham o‘z ichiga oladi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Sumi oblastidagi mudofaa tuzilmalari tizimi harbiylar uchun turar joy modulini ham o‘z ichiga oladi
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
«Fortifikatsiya non-stop tarzida davom etadi. Va hatto rossiyaliklar yo‘q joyda ham», — degan mart oyi boshida Ukraina QK Strategik kommunikatsiyalar qo‘mitasi matbuot xizmati Sumi oblastida mudofaa inshootlari qurilishi yuzasidan.
Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Mavzuga oid