O‘zbekiston | 08:05 / 18.03.2024
10670
1 daqiqa o‘qiladi

YPX xodimining ratsiyasini olib, ketib qolgan Damas haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar asosida ish jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilib, haydovchiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

Foto: Videodan kadr

Farg‘onada Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, ketib qolgani haqida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati IIBning ma’lum qilishicha, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilgan.

IIB xabariga ko‘ra, fuqaro jamoat joyida haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib qolgan.

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar asosida ish jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilib, haydovchiga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan.

Mavzuga oid