Buxoroda yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazgan vaynerlar qamaldi
Ular shu mazmunda sahnalashtirilgan holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Buxoro shahrida avtomobilda harakatlanib, yo‘l belgisiga qasddan shikast yetkazish bilan bog‘liq sahnalashtirilgan holatni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan vaynerlar jazolandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sahnalashtirilgan videoda vayner Buxoro shahrining Namozgoh ko‘chasida Nexia rusumli avtomobilida harakatlanib, uni xavfli usulda ikki nafar sherigi ustiga haydagani, ular yo‘l chetiga chiqib ulgurgach, avtomobil yo‘l belgisiga urilib, unga zarar yetkazgani tasvirlangan.
Videotasvir bo‘yicha Buxoro viloyati IIB tomonidan surishtiruv o‘tkazilib, transport vositasi egasi va uni haydagan shaxs aniqlangan. Avtomobil jarima maydoniga qo‘yilgan.
Sud vayner va uning to‘rt nafar sherigiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Shuningdek, ushbu holatning asoschisi bo‘lgan Samadov Xoliqjon Ulug‘bek o‘g‘liga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-1-moddasi (Haydovchilarning transport vositalarini boshqarishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi), 128(5)-2-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi), 147-moddasi (Yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish), 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
10:50 / 06.12.2024
RF Tergov qo‘mitasi Qodirovning Bastrikinga qarshi da’volariga javob qaytardi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024