O‘zbekiston | 16:05 / 19.03.2024
12079
1 daqiqa o‘qiladi

Qizilqum davlat qo‘riqxonasi kuzatuv kamerasiga to‘qay mushugi muhrlandi 

To‘qay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon bo‘lib, tashqi ko‘rinishi silovsinga o‘xshaydi. 

Ekologiya vazirligiga qarashli Qizilqum davlat qo‘riqxonasi xodimi kuzatuv kamerasiga to‘qay mushugi muhrlandi.

To‘qay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon bo‘lib, tashqi ko‘rinishi silovsinga o‘xshaydi. 

Bu hayvon uy mushuklarining har qaysi turidan kattaroq: uzunligi 54-94 sm, dumi 30 smgacha va vazni 8-12 kgga yetadi. Qushlar, kemiruvchilar va quyonlar bilan oziqlanadi. 

O‘rta Osiyodagi daryolarning qirg‘oqbo‘yi zonasida, Amudaryoning o‘rta va quyi oqimida, qamishzor va o‘rmonlarda uchraydi.

Mavzuga oid