O‘zbekiston | 08:32 / 20.03.2024
10247
1 daqiqa o‘qiladi

Jami qiymati bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 4 ta davlat xaridi bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan qator davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Foto: Kun.uz

Ular quyidagilar:

  • Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi  200,0 mln so‘mlik;
  • Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309,0 mln so‘mlik;
  • Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300,0 mln so‘mlik;
  • Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid