O‘zbekiston | 23:17 / 20.03.2024
14205
1 daqiqa o‘qiladi

Kuchli yomg‘ir va qattiq shamol Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim hududlarini elektrsiz qoldirdi

Qariyb 8 mingta iste’molchi elektr tarmog‘idan uzilgani ta’kidlanmoqda. 

20 mart kuni soat 22:30 da kuchli yomg‘ir va qattiq shamol ta’sirida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 ta, Xorazm viloyatida esa 9 ta elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxiatosh va Qo‘ng‘irot tumanlarida istiqomat qiluvchi 1 ming 200 ta, Xorazm viloyatining Gurlan, Qo‘shko‘pir, Urganch hamda Xonqa tumanlarida istiqomat qiluvchi 6 ming 750 ta iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan. 

Ta’kidlanishicha, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklar bartaraf etilmoqda. 

Avvalroq, 20-22 mart kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid