O‘zbekiston | 16:00 / 20.03.2024
5394
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqargan sex aniqlandi

Bo‘kada mashhur brendlar nomi ostida qalbaki kosmetika mahsulotlari ishlab chiqaradigan sex aniqlandi. Qiymati 10 mlrd so‘mlik 280 ming donadan ortiq sifatsiz mahsulot vaqtincha saqlovga olindi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida qiymati 10 milliard so‘mdan ziyod qalbaki kosmetika vositalarini ishlab chiqargan sex aniqlandi.

«Yallama» chegara bojxona postida 3 mlrd so‘mdan ortiq 21 turdagi kosmetika vositalarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan yuk mashinasi to‘xtatib qolingan. 

Bojxona qo‘mitasining tezkor tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbirlarni davom ettirgan. Bo‘ka tumanidagi omborlardan birida xorijiy brendlar nomi ostidagi kosmetika va parfyumeriya vositalarining qalbaki nusxalarini ishlab chiqaruvchi yashirin tseh faoliyati fosh qilingan.

Tsexda Yevropa mamlakatlari, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya va Xitoy kabi davlatlarning 20 dan ziyod turli mashhur brendlari nomi ostida ishlab chiqarilgan 280 ming donadan oshiq sifatsiz va qalbaki kosmetika va parfyumeriya vositalari vaqtincha saqlovga olingan. Ularning umumiy qiymati 10 mlrd so‘mdan oshmoqda.

Mavzuga oid