O‘zbekiston | 09:34 / 22.03.2024
5295
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Tracker yoritkich ustuniga borib urildi

Chilonzor tumanida Tracker ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Joriy yilning 21 mart kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydovchi Tracker rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u yoritkich ustuniga to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid