O‘zbekiston | 12:31 / 22.03.2024
2605
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnam O‘zbekistonda neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishi mumkin

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va Petrovietnam kompaniyalar guruhi raisi neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vetnam neft va gaz kompaniyalari guruhi (Petrovietnam) raisi Le Man Xun bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Vetnam neft va gaz kompaniyalari guruhi (Petrovietnam) raisi Le Man Xun janoblari bilan samarali suhbatlashdik", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Hamkorlikni kengaytirish, gaz va neft sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, texnologiyalar transferi va nou-hau almashinuvi muhokama qilindi. 

Petrovietnam davlat korporatsiyasi 1975 yilda tashkil etilgan. O‘tgan yilning avgust oyida Toshkentda O‘zbekistonda bir qator istiqbolli bloklarda geologik qidiruv ishlarini boshlash bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

Mavzuga oid