O‘zbekistondagi yakka tartibdagi uylar soni ma’lum qilindi
O‘tgan yilda ularning soni qariyb 200 mingtaga oshgan.
O‘zbekistonda qariyb 7,5 millionta yakka tartibdagi uy va kvartiralar bor. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning idoraviy ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni qarib 7,5 milliontani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 foizga oshgan.
Agentlik bir yil avval e’lon qilgan ma’lumotda 2023 yil 1 yanvar holatiga ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni 7,3 millionta ekani aytilgandi.
Agentlik ma’lumotida respublika bo‘ylab noqonuniy qurilgan uy-joylar ham kiritilganmi yo‘qmi, ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
13:24 / 23.12.2024
Statistika kuzatuvlari jarayoniga oliy ta’lim muassasalari jalb etiladi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024