O‘zbekiston | 07:44 / 27.03.2024
20367
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi

Jinoiy sheriklar «avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish»ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 mln so‘mdan to 200 mln so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami - 6,1 mlrd so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Foto: Yandex Maps

Fuqarolardan 6 155 000 000 so‘mni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, oldindan jinoiy til biriktirgan 3 nafar shaxs tomonidan poytaxtning Alisher Navoiy ko‘chasida My Cars nomi bilan avtosalon ochilgan.

2022 yil 16 yanvardan 2023 yilning 2 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ushbu jinoiy sheriklar «avtomashinalarni 3 oy muddat ichida avtosalondan chiqarib, yetkazib berish»ni aytib, jami 74 nafar fuqaroning 40 000 000 so‘mdan to 200 000 000 so‘mgacha bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi, jami - 6 155 000 000 so‘mlik pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Xaridorlarni qabul qilishda esa ular go‘yoki GM Uzbekistan bilan  shartnoma tuzganini aytib aldagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi JKning 168-moddasining tegishli bandlari bilan ayblanuvchilarga 8-9 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Mavzuga oid