O‘zbekiston | 07:50 / 27.03.2024
8744
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda piyodalar yo‘lakchasidan harakatlangan Damas jarima maydonchasiga qo‘yildi

Haydovchi bu ishni yo‘l tirband bo‘lgani uchun qilganini aytgan. 

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Damas avtomashinasi piyodalar yo‘lakchasida harakatlanayotgani aks etgan videolar tarqaldi. IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Toshkent shahrining Izzat ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan Damas avtomashinasiga turli vositalar o‘zboshimchalik bilan qo‘yilgan. Avtomashinaning davlat raqamidagi harflar ham yaxshi ko‘rinmaydigan holatga kelib qolgan. 

Haydovchining aytishicha, u dastlab piyodalar yo‘lakchasiga qaragan va hech kim yo‘qligiga ishonch hosil qilgach harakatlangan. Bu ishni yo‘l tirband bo‘lgani uchun qilganini aytgan. 

Damas avtomashinasi haydovchisiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Mavzuga oid