Iqtisodiyot | 13:55 / 30.03.2024
7169
1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar–fevral oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari qancha soliq to‘lagani aytildi

Yanvar-fevral oylarida umumiy ovqatlanish korxonalari 173 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.

Joriy yil yanvar-fevral oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 19 195 ta yuridik shaxs tomonidan 173,2 mlrd so‘m soliq to‘langan

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 35,5 mlrd so‘mi, ya’ni 20,5 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 449 mlrd so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 8 mlrd so‘m.

Ushbu soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS – 13,6 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i – 10 mlrd so‘m;
  • JShODS - 9,1 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 2,8 mlrd so‘m.

Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.

Mavzuga oid