Iqtisodiyot | 09:34 / 01.04.2024
6734
1 daqiqa o‘qiladi
Soliq to‘lovchilar 2 oyda qancha soliq imtiyozidan foydalangani ma’lum bo‘ldi
2024 yilning yanvar-fevral oylarida 103 ming 857 ta tashkilot 5,5 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1 920 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 3,2 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. Shuningdek, 3 826 ta korxona 4,8 trln so‘m miqdorida QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:
- QQS – 2,4 trln so‘m;
- yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;
- mol-mulk solig‘i – 772,1 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq – 364,6 mlrd so‘m;
- JShODS – 134,1 mlrd so‘m;
- AOS – 24,1 mlrd so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.
Mavzuga oid
21:53 / 26.09.2024
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan korxonalar ma’lum qilindi
10:20 / 24.09.2024
Kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi
08:50 / 20.09.2024
Soliq qo‘mitasi ikki bankni javobgarlik choralari to‘g‘risida ogohlantirdi
19:46 / 19.09.2024