O‘zbekiston | 13:38 / 01.04.2024
3302
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Samarqandda kuchli dorilar savdosiga chek qo‘yildi 

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari muomalaga kiritilishining oldi olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda L.Sh. nomli do‘kon sotuvchisi A.Z. jami 188 dona “Reduksin layt” nomli dori vositasini fuqaro O.S.ga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘kondan jami 1 648 dona kuchli ta’sir qiluvchi vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi, departamentning Yakkasaroy, Chilonzor tumani bo‘limlari hamda DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Ularda fuqarolar K.X., Sh.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 543 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid