O‘zbekiston | 09:42 / 02.04.2024
36488
1 daqiqa o‘qiladi

Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

U avvalroq ham poytaxt hokimining o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Durdona Rahimova ushbu lavozimda faoliyatini davom ettiradi.

Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan.

U avvalroq ham Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagandi.

Mavzuga oid