Toshkentda xavfsizlik talabiga javob bermagan tovuq go‘shti muomalaga kiritilishining oldi olindi
Uchtepa tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go‘shtining muomalaga kiritilishi oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Sh.K., J.M., J.A. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Xamdost” MFY hududidagi binoda tovuq go‘shtini qayta ishlash sexini tashkil etib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 4 674 kg tovuq go‘shtini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024