2023 yilda O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar miqdori kamaydi
So‘nggi 5 yilda faqat pandemiya kuzatilgan 2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimida qisqarish kuzatilgan edi.
2023 yil davomida O‘zbekistonga moliyaviy oqim 6,6 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning sof oqimi 2,2 mlrd dollarni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 16 foizga yoki 425 mln dollarga qisqargan. Bu haqda Markaziy Bank ma’lumotlariga tayanib Mirkonomika xabar berdi.
Qayd qilinishicha, so‘nggi 5 yilda faqat pandemiya kuzatilgan 2020 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimida qisqarish kuzatilgan edi. O‘shanda iqtisodiy o‘sish 2 foizgacha sekinlashgan. 2023 yilda esa o‘sish 6 foizni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 0,3 foizga tezlashgan.
O‘z navbatida portfel investitsiyalar hajmi qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu oktyabr oyida chiqarilgan 4,25 trln so‘m miqdoridagi «yashil» suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln dollar miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar bilan izohlanadi.
Umuman olganda to‘rtinchi chorakda to‘lov balansida moliyaviy oqimning yuqori darajada o‘sishi natijasida umumiy oqim joriy operatsiyalar hisobi defitsitiga nisbatan 900 mln dollarga ko‘proq bo‘lgan, bu esa to‘rtinchi chorakda zaxiralar hajmining qariyb 1,9 mlrd dollarga oshishiga zamin yaratgan. Ammo oldingi choraklardagi nomutanosibliklar hisobiga zaxiralar hajmi 2023 yilda 2,7 mlrd dollarga qisqargan.
Ta’kidlanishicha, davlatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning yuqori sur’atda sezilarli qisqarishi kelajak uchun xavotirli signal sifatida qabul qilinishi kerak.
Mavzuga oid
20:43 / 23.12.2024
Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi
21:28 / 19.12.2024
2025 yilda 43 milliard dollarlik investitsiya o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda
16:43 / 10.12.2024
Toshkent viloyatining meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarida 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yiladi
16:26 / 07.12.2024