O‘zbekiston | 10:35 / 05.04.2024
23767
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi

Cobalt haydovchisi quvib o‘tish qoidalarini buzib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqqan va o‘z yo‘lidan kelayotgan Damas’ga urilgan.

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida uchta mashina ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

2024 yil 4 aprel kuni soat 15:30 larda A 373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Xo‘jaobod tumani hududidan o‘tgan qismida 22 yoshli haydovchi Cobalt bilan quvib o‘tish qoidasini buzib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tgan.

Natijada Cobalt o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 33 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan. Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va o‘zi bilan bir yo‘nalishda yonma-yon kelayotgan, «Moskvich-412»ga borib urilgan.

Cobalt va Damas haydovchilari og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ularning ikkisi ham vafot etgan.

Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi xodimlari holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Mavzuga oid