Olimlar Yerdagi eng toza havoga ega joy nomini aytishdi
Antarktida osmonida eng toza havo mavjudligi aniqlandi va bu faqat inson faoliyatining yo‘qligi bilan bog‘liq emas.
Monash universitetining avstraliyalik olimlari Yerdagi havo eng toza joyni aniqlashdi. Bu Antarktidani yuvib turgan Janubiy okean ustidagi bo‘shliq bo‘lib chiqdi. Tadqiqot Slimate and Atmospheric Science (CAS) jurnalida chop etildi.
Sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari yordamida atmosferaning tahlili shuni ko‘rsatdiki, Antarktida havosining tozaligi nafaqat u yerda inson faoliyatining yo‘qligi, balki fitoplanktonlarning faolligi bilan ham bog‘liq.
Bundan tashqari, Janubiy okean Yerdagi eng bulutli joy bo‘lib chiqdi, u yerda yog‘ingarchilik tez-tez sodir bo‘ladi. Kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi ifloslantiruvchi aerozol zarralarini havodan yuvadi. Antarktida ustidagi bulut qoplami maxsus hujayra tuzilishiga ega. Har bir bunday hujayra dunyoning boshqa qismlaridagi bulutlarga qaraganda olti barobar ko‘proq yomg‘ir yog‘dirishi mumkin.
«Yomg‘ir, xuddi kir yuvish mashinasi kiyimlarni tozalaganidek, osmondan aerozollarni yuvadi. Sovuq front chekingach, havo toza bo‘ladi», deb ta’kidladi mutaxassislar.
Olimlarning aytishicha, ularning kashfiyoti yog‘ingarchilik havodan chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni qanday yuvib tashlashini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Mavzuga oid
16:36 / 13.12.2024
Havoning ifloslanishi odamlarda depressiyani oshiradi - tadqiqot
21:15 / 10.12.2024
Real tahdid: Yer yuzasining 40 foizini qurg‘oqchilik qamrab oldi
18:02 / 04.12.2024
Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
19:40 / 17.11.2024