O‘zbekiston | 07:32 / 05.04.2024
4168
1 daqiqa o‘qiladi

Qaysi hududda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgani ma’lum bo‘ldi

2023 yilda O‘zbekistonda 3,1 mln tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, meva va rezavorlar yetishtirish hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,1 foizga oshgan.

Hududlar kesimida yetishtirilgan poliz ekinlari hajmi:

— Andijon viloyati – 696,8 ming tonna;
— Farg‘ona viloyati – 403,8 ming tonna;
— Samarqand viloyati – 373,4 ming tonna;
— Namangan viloyati – 366,7 ming tonna;
— Buxoro viloyati – 303,4 ming tonna;
— Surxondaryo viloyati – 180,3 ming tonna;
— Qashqadaryo viloyati – 177,8 ming tonna;
— Xorazm viloyati – 169 ming tonna;
— Toshkent viloyati – 137,1 ming tonna;
— Navoiy viloyati – 106,2 ming tonna;
— Jizzax viloyati – 93,7 ming tonna;
— Qoraqalpog‘iston R. – 67,2 ming tonna;
— Sirdaryo viloyati – 46,3 ming tonna.

Mavzuga oid