O‘zbekiston | 07:53 / 05.04.2024
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Tog‘ toshlarini noqonuniy talon-toroj qilganlarga chora ko‘rildi

Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 baravari - 3 mln 400 ming so‘mdan jarima qo‘llandi.

Foto: Ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Kitob tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd davomida «Bashir» MFY Bodomzor qishlog‘i hududida bir guruh fuqarolar tomonidan tog‘ toshlari texnika vositalari yordamida talon-toroj qilingani aniqlandi.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 70-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 baravari - 3 mln 400 ming so‘mdan jarima qo‘llandi.

Mavzuga oid