Uch hududda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Surxondaryo viloyatining Denov, Qashqadaryo viloyatining Muborak hamda Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda “P.” korxonasi ish boshqaruvchisi M.N. hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ushbu korxonaga qarashli hammomni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 172,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, M.S. oilaviy korxonasi ta’sischisi I.T. hech qanday hujjatsiz ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 136,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024