O‘zbekiston | 09:10 / 06.04.2024
2489
1 daqiqa o‘qiladi
2023 yilda retsept orqali bepul berilgan dorilar qiymati aytildi
2023 yilda 14 toifadagi shaxslarga 68 120 ta retsept orqali 25 mlrd so‘mlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.
"Dori-darmon" rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yilda aholini dori vositalari bilan ta’minlash, joriy yildagi asosiy vazifalar haqida ma’lumot berildi.
2023 yil davomida:
- sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga – 166,2 mlrd so‘mlik;
- boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 63,0 mlrd so‘mlik;
- xususiy sektorga – 55,6 mlrd so‘mlik;
- harbiy davolash muassasalariga – 7,0 mlrd so‘mlik;
- QVP va QOPlarga – 78,4 mlrd so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi.
Shuningdek, ko‘chma dorixonalar orqali aholiga 3,1 mlrd so‘mlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berilgan.
Kompaniyaning hisobot yilida umumiy tovar aylanmasi 845,2 mlrd so‘mni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 620,1 mlrd so‘mni, chakana tovar aylanmasi 225,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
15:25 / 05.12.2024
IJQKD dorilar xaridi qonuniyligi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi
17:32 / 30.11.2024
Buyuk Britaniyada astma xurujlariga qarshi yangi dori ishlab chiqildi
20:33 / 25.11.2024