Qozog‘istondagi suv toshqinlari so‘nggi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofatga aylandi - To‘qayev
Suv toshqinlari tufayli mamlakatning 10 ta viloyatida favqulodda holat e’lon qilindi.
Qozog‘istonda mart oyida boshlangan yirik suv toshqinlari respublikadagi so‘nggi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofatga aylandi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev. U shanba kuni televideniye orqali xalqqa murojaat qildi.
«Ko‘p yillardan buyon kuzatilmagan tabiiy ofat yuz berdi. Balki bu o‘z ko‘lami va oqibatlari bo‘yicha so‘nggi 80 yildan ortiq vaqtdagi eng yirik ofatdir», deb davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Oqo‘rda.
To‘qayevning qo‘shimcha qilishicha, suv toshqinlari tufayli mamlakatning 10 ta viloyatida: Abay, Aqmola, Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston, Qarag‘anda, Qo‘stanay, shuningdek, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston va Ulitau viloyatlarida mahalliy favqulodda holat e’lon qilingan.
«Vaziyat qiyin, ammo umidsizlikka tushmaslik kerak. Biz bu holatni to‘g‘irlaymiz, asosiysi inson qurbonlarining oldini olish. Aytmoqchimanki, sizlardan birortangiz ham davlat e’tiboridan chetda qolmaydi. Barchangizga moddiy va boshqa yordam ko‘rsatiladi. Sizning barcha moddiy yo‘qotishlaringiz qoplanadi», dedi To‘qayev jabrlanuvchilarga murojaat qilib.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, uning tanqidi va ko‘rsatmalaridan so‘ng, hukumat suv toshqini oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirgan. Mamlakatda bosh vazir boshchiligida shtab tuzilgan. Rasmiylar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarga borib, vaziyatni o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
15:00 / 18.12.2024
Rossiya Qozog‘istondagi uran qo‘shma korxonalaridagi ulushini Xitoyga sotadi
16:30 / 13.12.2024