O‘zbekiston | 15:56 / 06.04.2024
3830
1 daqiqa o‘qiladi

Wizz Air Yevropa poytaxtlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida reyslarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Budapeshtda Wizz Air kompaniyasi prezidenti Robert Keri bilan uchrashdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Wizz Air aviakompaniyasining O‘zbekiston aviatsiya bozoridagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Aviakompaniya Yevropa poytaxtlari va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida, shuningdek, Wizz Air bosh direktori Yozef Varadi boshchiligidagi delegatsiyaning Toshkent shahriga rejalashtirilgan safari muhokama qilindi.

Wizz Air loukoster aviakompaniyasi 2022 yil dekabr oyidan Abu-Dabidan Samarqandga, o‘tgan yilning yanvar oyidan esa Abu-Dabi – Toshkent – Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshirmoqda. Chiptalar bir tomonga 45 dollardan boshlanadi.

Mavzuga oid