O‘zbekiston | 20:12 / 08.04.2024
20230
2 daqiqa o‘qiladi

Ramazon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi

«Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida» prezident qarori imzolandi. 

2024 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 10 aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin. Bu haqda prezident qarori imzolandi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirig‘i berildi. 

Shuningdek, Turizm qo‘mitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida mo‘tabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish choralari belgilandi. 

Mavzuga oid