O‘zbekiston | 14:50 / 08.04.2024
11113
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 3 oyda mingdan ortiq ayol fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Toshkent shahri IIBB ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingan. 

Toshkent shahri IIBB 2024 yilning dastlabki 3 oyida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

«O‘rganishlar jarayonida aniqlanishicha, javobgarlikka tortilganlarning 92,8 foizi (992) nafari viloyatlardan kelib, bu turdagi huquqbuzarlikni sodir etgan», — deyiladi IIBB xabarida.

Bundan tashqari, 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan

Fohishalik bilan shug‘ullanish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga ko‘ra ma’muriy huquqbuzarlik deb baholanadi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga oid