Toshkentda davlat raqami belgisini yechib harakatlangan Spark haydovchisi aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro YPX inspektorlaridan berkinishga uringani aks etgan video tarqaldi. IIBB YHXB holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Ushbu holat joriy yilning 4 fevral kuni soat 20:30 larda Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Tungi xizmatga jalb qilingan YPX inspektorlari tomonidan davlat raqam belgilarini o‘zboshimchalik bilan yechib harakatlanib kelayotgan “Spark” rusumli avtomashina haydovchisiga jyezl va hushtak yordamida to‘xtash ishorasi berilganda, haydovchi bo‘ysunmasdan harakatlangani sababli ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida to‘xtatilib, 2 nafar xolislar ishtirokida avtomashina ko‘zdan kechirilganda davlat raqam belgilari salonda ekani aniqlanadi.
Holat yuzasidan YPX inspektori tomonidan haydovchi 2005 yilda tug‘ilgan Sh.M.ga nisbatan MJTKning 125-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ushbu avtomashina haydovchisi 4 mart kuni Bektemir tumanida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilib hujjatlarini tekshirish davomida, o‘zini tutishi va gap so‘zidan YPX inspektorlarida shubha uyg‘otgan. 2 nafar xolislar ishtirokida haydovchi va avtomashina ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salon qismidan o‘tkir hidli, oq rangli kukunsimon modda borligi aniqlangan.
Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
07:35 / 14.11.2024
Minor masjidi qarshisida Spark va Captiva to‘qnashdi
08:50 / 24.09.2024
Toshkentda Spark va Cobalt ishtirokida to‘qnashuv yuz berdi
10:34 / 23.09.2024