O‘zbekiston | 15:00 / 15.04.2024
24466
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyatining ikki hududida ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol o‘z uyida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan  jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etilgan. Unda, 34 yoshli erkak o‘zida OIV borligini bilsa-da, shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, 29 yoshli ayol bilan yashirincha yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo‘l bilan ushbu ayolga yuqtirgan.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi OIV aniqlangan bemorlarni ushbu kasallikni qasddan yuqtirganlik uchun qonunchilikka ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantirgan.

Mavzuga oid