O‘zbekiston | 15:05 / 15.04.2024
48897
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» davlat tashkilotlari xodimlariga Onix sotib olish taklifi bilan chiqdi

«O‘zavtosanoat» AJ tomonidan Adliya vazirligiga yuborilgan xatda tizimda ishlaydigan xodimlar avtomobil qiymatining 50 foizini to‘lagan taqdirda qolgan qismini 24 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkinligi aytilgan. Sotuvi 2022 yilning 1 noyabridan boshlangan Onix kutilgan darajada xaridorgir bo‘lmadi. Bunga avtomobilning va’da qilingan narxidan ancha qimmat sotilayotgani sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.

Foto: UzAuto Motors

«O‘zavtosanoat» AJ ayrim davlat tashkilotlariga imtiyozli ravishda Onix avtomobilini xarid qilish taklifi bilan chiqqan. Xususan, Adliya vazirligiga yuborilgan xatda tizimda ishlaydigan xodimlar avtomobil qiymatining 50 foizini to‘lagan taqdirda qolgan qismini 24 oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkinligi aytilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 1 noyabridan UzAuto Motors Onix uchun shartnoma berishni boshlagandi. Ammo kompaniyaning ushbu modeli kutilgan darajada omadli chiqmadi. Bunga Onixʼning va’da qilinganidan ancha qimmat narxlarda sotila boshlagani asosiy sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Xususan, avtomobil 9-12 ming dollar oralig‘ida sotuvga chiqarilishi aytilgandi.

Avvalroq, UzAuto Motors Onix uchun 15 mln so‘mlik chegirma e’lon qilgani ham xabar berilgandi.

Mavzuga oid