O‘zbekiston | 14:00 / 16.04.2024
6109
1 daqiqa o‘qiladi

«Toza havo» oyligi: O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida respublika bo‘ylab «Toza havo» oyligining birinchi bosqichi boshlandi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

«Toza havo» oyligi «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida» hamda «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar ijrosini ta’minlash maqsadida 2 bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 10 apreldan 10 maygacha, ikkinchi bosqich 10 avgustdan 10 sentabrgacha (Toshkent shahrida 10 sentabr-10 oktyabr) davom etadi.

Tadbir davomida respublika barcha hududlaridagi yo‘l-patrul maskanlarida, viloyat, tuman (shahar)larning markaziy ko‘chalarida benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali ko‘rikdan o‘tkaziladi. Ekologik nosoz deb topilgan transport vositalari haydovchilariga tegishli choralar ko‘rilib, nosozlik bartaraf etilmaguncha transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzuga oid